Prokuratura va ichki ishlar organlarining tergovchilari uchun malaka oshirish kursi o‘tkazildi

Prokuratura va ichki ishlar organlarining tergovchilari uchun malaka oshirish kursi o‘tkazildi

Akademiyada prokuratura organlari tergovchilari va ichki ishlar organlari surishtiruvchilari ishtirokida “Qiynoqlarni taqiqlashga oid milliy qonunchilik va xalqaro standartlar” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi.

Kurs dasturi qiynoqqa qarshi kurashga oid xalqaro standartlar va milliy qonunchilik tahlili, qiynoq bilan bog‘liq jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari shartligi, qiynoq bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish taktikasi (Stambul protokoli misolida), jinoyat protsessida dalillar maqbulligiga oid normalar: qiynoqni taqiqlanishi, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining turli stressogen vaziyatlarda psixologik barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari, qiynoq bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda ekspertiza imkoniyatlari, qiynoq bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan voqea joyini ko‘zdan kechirish hamda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini o‘tkazish, jinoyatlarni fosh qilishda raqamli kriminalistika imkoniyatlari, qiynoqlarni oldini olishda milliy preventiv mexanizmlarni o‘rni kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga olgan.

O‘quv kurslari davomida jinoyat protsessi ishtirokchilarini qiynoqlardan muhofaza qilish va ularning huquqlarini ta’minlash eng avvalombor tergov organlarining vazifasi ekanligi qayd etilib, jinoyatlarni fosh etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, jinoyatlarni fosh etishga oid ilg‘or tajribani o‘rganish, xodimlarni doimiy malakalarini oshirib borishlari muhim ekanligi ta’kidlandi.