O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Akademiya rahbariyatining “Mintaqaviy muloqot” XNNT ta’sischisi va ijrochi direktori Katya Gershak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Konstruktiv muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, o‘quv jarayonlari, uning infratuzilmasi, shu jumladan kriminalistik poligon, kiberlaboratoriya, voqea joyini ko‘zdan kechirish va sud jarayoni imitatsiyasini amalga oshirish xonalari bilan yaqindan tanishdilar.