Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish borasidagi tizimli ishlar doirasida Akademiyada Fan va texnologiyalar universiteti (University of science and technologies) Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.X.Toshbekova tomonidan “Pedagogik muloqotchanlikni shakllantirish va auditoriyani boshqarishda interfaol ta’lim metodlarining ahamiyati” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o‘quv mashg‘ulotlarida talabalar faol ishtirokini ta’minlashda professor-o‘qituvchilarning pedagogik muloqotchanligining ahamiyati hamda uni rivojlantirish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, auditoriyani boshqarishda interfaol ta’lim metodlarining o‘rni, ularning turlari, tasniflanishi, o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni dars jarayonida qo‘llash metodikasi kabi masalalar xususida qisqacha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Shuningdek, trener tomonidan interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.