Ichki ishlar organlari tergovchilari uchun malaka oshirish kursi o‘z ishini boshladi

Ichki ishlar organlari tergovchilari uchun malaka oshirish kursi o‘z ishini boshladi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Ichki ishlar organlari tergovchilari uchun “Ichki ishlar organlarida tergovni tashkil etish masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi boshlandi.

Kurs dasturi hodisa joyini ko‘zdan kechirishning umumiy qoidalari, tezkor-qidiruv tadbirlari, ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish, jabrlanuvchining shikoyatiga asosan qo‘zg‘atiladigan jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv faoliyatini tashkil etish, bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishning ayrim masalalari, tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan jinoyat protsessida foydalanishni tashkil etish, odam savdosi jinoyatlarini fosh etish bilan bog‘liq tergov harakatlari va boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan.

Malaka oshirish kursi O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, muloqot va uning tarkibiy qismlari, o‘ziga xos xususiyatlari, muloqotning noverbal vositalari, raqamli kriminalistika asoslari, isbot qilishda so‘roq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va protsessual jihatlari, firibgarlik jinoyatini tergov qilishning umumiy va maxsus jihatlari, tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini amalga oshirish jarayonida jinoiy faoliyatni moliyaviy jihatlarini o‘rganish tartibiga oid tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan.