Akademiya haqida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-sonli Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda energetika sohasidagi mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- oliy (maxsus) ma’lumot va energetika sohasida kamida ikki yillik ish tajribasi;
- qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash tajribasiga ega bo‘lish;
- texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish hamda rasmiylashtirishga oid nizomlar, yo‘riqnomalar va boshqa rahbariy hujjatlarni bilish;
- Akademiyani energiya bilan ta’minlashni tashkil etish, energiyadan foydalanuvchi qurilmalarning ishlab chiqarish quvvatlari, texnik tavsifi va ish rejimlari, ularni ishlatish qoidalarini bilish;
- energiya bilan ta’minlash xususida boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish tartibini bilish;
- mehnat qonunchiligi asoslari, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlari bilishi.
- o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish.
Bajariladigan ish muddati:
Mazkur ish muddati 2 (ikki) oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro muddatli mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.
To‘lov miqdori:
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,
Ish vaqti: Ish vaqti 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.
Talabgor Akademiya Ishlar boshqaruvi bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati 11.11.2023 yilga qadar.