O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi L.Barakayev tomonidan fan soati doirasida “Dalillarni to‘plash usuli sifatida taftish o‘tkazishning protsessual va kriminalistik jihatlar” mavzusidagi dissertatsiya ishining taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda Akademiya, TDYU, Jamoat xavfsizligi universiteti, Inson huquqlari milliy markazi, Sudyalar oliy maktabi, IIV Akademiyasi hamda Davlat va huquq institutining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mustaqil izlanuvchi L.Barakayev tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni “Elektron jinoyat-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga kiritish, taftish hujjatlarini dalil turi sifatida hisobga olish, taftish o‘tkazish muddatini uzaytirish vakolatini viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokurorlarga berish, tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsi yoki uning vakilining e’tirozi asosli bo‘lganda qayta taftish tayinlash hamda taftish tayinlash va o‘tkazish tartibini o‘zida aks ettiruvchi uslubiyot taklif qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bu turdagi tadbirlarni samarali ekanligini e’tirof etib, doimiy ravishda o‘tkazilishi yuzasidan taklif berildi.