Akademiya tomonidan navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi

Akademiya tomonidan navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi

2023 yil 1-3 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda “Jangovar hududlardan qaytgan bolalar bilan ularning ruhiy jarohatini va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda munosabat qurish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi tergov organlari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida jangovar hududlardan qaytgan hamda o‘z boshidan mudhish kunlarni o‘tkazgan oila farzandlari va zo‘ravonlik qurboniga aylangan, natijada psixologik jarohat olgan yoshlar bilan munosabat qurish, ular bilan so‘rov jaryonini tashkil etish xususiyatlari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar jinoyat qurboniga aylangan bolaga psixologik ko‘mak berish borasida bilim va malakalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, bolalar bilan samarali muloqot olib borish va kommunikatsiya o‘rnatishga oid qoidalarni o‘zlashtirdilar.