Tuman (shahar) prokurorlarining yordamchilari uchun malaka oshirish kurslari o‘tkazildi

Tuman (shahar) prokurorlarining yordamchilari uchun malaka oshirish kurslari o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tuman (shahar) prokurorlarining yordamchilari uchun “Voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini samarali tashkil etish” mavzusidagi malaka oshirish kurslari yakunlandi.

Kurs aralash ta’lim formatida tashkil etilib, unda tinglovchilar ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim oldilar hamda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kunduzgi ta’lim tarzida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.

Mazkur kurs doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan joylardagi prokuratura organlarining faoliyatini samarali tashkil etish, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish sohasida prokuror nazoratini tashkil etish, bu boradagi muammolar va nizoli vaziyatlarni hal etish, qarorlar qabul qilish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va boshqa dolzarb masalalarga oid kasbiy kompentensiyalari va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Malaka oshirish kursi yakunida yakuniy imtihon o‘tkazildi.