O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan hududiy ichki ishlar organlari, prokuratura hamda Milliy gvardiya bo‘linmalari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan sayyor seminarlar tashkil qilinmoqda.
Akademiya xodimlari O.V.Kim va E.X.Raxmanovlar tomonidan Toshkent viloyati mahkama hamda hududiy IIB xodimlari uchun “Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda ushbu sohadagi muammolar” mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida voyaga yetmagan yoshlar va xotin-qizlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda ijtimoiy profilaktikani amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlari, shuningdek “Miranda qoidasi” va “Aybsizlik Prezumpsiyasi” konstitutsiyaviy normalariga amal qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, seminar doirasida amaliyotda uchraydigan muammolar, jumladan, idoralararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi va ularni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.