O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan prokuratura organlari xodimlari va talabalarga halqimizning ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlari, boy merosimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini hamda odob-axloq, halollik, poklik, sadoqat va fidoyilikni chuqur singdirish bo‘yicha turkum tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu kabi tadbirlar doirasida Akademiya magistratura bosqichi tinglovchilarining O‘zbekiston tarixi muzeyiga tashrifi tashkillashtirildi.
Tashrif davomida tinglovchilarga O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, O‘zbekiston hududidagi tarixiy madaniy jarayonlarning eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar bo‘lgan taraqqiyotini o‘zida aks ettirgan xalqimizning boy tarixi va rivoji haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘ngida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.