Akademiya tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini uslubiy va konsultativ ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda respublika hududlarida turkum sayyor seminarlar o‘tkazilmoqda.
Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inining mas’ul xodimlari uchun huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar ishtirokchilari jinoyatchilikning, jumladan voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olishni samarali tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, seminar doirasida amaliyotda uchraydigan muammolar, jumladan, idoralararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi va ularni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.