Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan tajribali harbiy xizmatchi va xodima ayol ofitserlar hamda Akademiya bakalavriatining talaba-qizlari ishtirokida “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayollarni o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbir talaba-qizlarning kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash hamda xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida tashkillashtirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan ayol ofitserlar organlarda xizmat qilishning eng muhim jihatlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy va idoraviy hujjatlar ijrosi haqida ma’lumot berishdi, shuningdek nafaqat xizmat faoliyatlari davomidagi taassurotlari, balki bosib o‘tgan hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.