Akademiya tomonidan Bosh prokuratura vakillari, Toshkent shahar sudi sudyalari va Akademiya talabalari ishtirokida “Sud-tergov faoliyatida qonuniylikni ta’minlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat jarayonida talabalarga bugungi kunda mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlar, tergov va sud amaliyotida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir jarayonida talabalar sudya hamda davlat ayblovchisining jinoyat protsessidagi huquqiy maqomi va ularning protsessual vakolatlari, sud hukmi chiqarish jarayonida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan holatlar hamda boshqa bir qatorda mavzularda berilgan savollarga to‘liq javob olishdi.
Tadbir yakunida sud va prokuratura organlari bilan talabalar o‘rtasidagi uchrashuvlarni doimiy asosda tashkil etish kelishib olindi.