Akademiyada prokuratura organlarining tergovchilari ishtirokida “Jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazishda zamonaviy kriminalistik texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusida o‘quv kursini o‘tkazildi.
Kurs dasturi doirasida prokuratura organlarining tergovchilarida jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazishda zamonaviy kriminalistik texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida DNK, fonografiya, sud ballistika, kompyuter-texnik, portlash texnikasi, murdaning sud-tibbiy ekspertizalari imkoniyatlari, portlash bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa joyini ko‘zdan kechirish tartibi, ekspertiza tergov harakati bo‘yicha maxsus o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, tinglovchilar uchun H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Sud tibbiy ekspertiza bosh byurosida malakali mutaxassis va ekspertlar ishtirokida sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi.