Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari Senat va Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan tashkil etilgan barqaror rivojlanishda tinch va ochiq jamiyatga ko‘maklashish, hamda odil sudlovni ta’minlash va samarali, hisobdor va keng ishtirok etishga asoslangan institutlarni yaratishga ko‘maklashish masalasidagi konferensiyada ishtirok etdilar.
Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari, BRMni amalga oshirish bo‘yicha samarali boshqaruv guruhining ijrochi kotibi U.U.Nigmadjanov ishtirokchilarga 16-maqsadga erishish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Xususan, mutasaddi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, xodimlarga ko‘rsatkichlarni o‘lchash metodologiyasi, shuningdek, amalga oshirilayotgan qo‘shma xalqaro loyihalar bo‘yicha o‘qitish chora-tadbirlari qayd etildi. Noqonuniy moliyaviy oqimlarni kamaytirish nuqtai nazaridan 16.4-vazifalarni bajarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muhokamalar natijasida mamlakatimizda 16-maqsaddagi vazifalariga erishish, shuningdek, ushbu vazifalar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni o‘lchash va doimiy monitoring qilishga qaratilgan bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi.