Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish borasidagi tizimli ishlar doirasida Akademiyada Xalqaro Nordik universitetining Pedagogika kafedrasi dots.nti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) S.X.Shomurodova ishtirokida “Pedagogning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnikasi” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida talaba va tinglovchilarning faol ta’lim olishlarini ta’minlashda o‘qituvchining kommunikativlik kompetensiyasining ahamiyati, turlari, qoidalari, kommunikativ kompetentlik tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari hamda uni rivojlantirish texnikasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, pedagogning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish usullari bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.
Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.