“Inson huquqlari bilimdoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazilishi haqida

“Inson huquqlari bilimdoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazilishi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PF–70-sonli farmoni bilan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘rtasida “Inson huquqlari bilimdoni” ko‘rik tanlovini tashkil etish vazifasi belgilangan va tanlovning namunaviy nizomi ishlab chiqilgan. Mazkur nizomga ko‘ra ko‘rik tanlov bakalavriat va magistratura talabalari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi inson huquqlari bilimdoni”;

“Eng yaxshi inson huquqlari universal shartnomalari bilimdoni”;

“Eng yaxshi inson huquqlari sohasidagi qonunchilik takliflari”;

“Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi”.

Bunda nominatsiyalar g‘oliblarini aniqlash quyidagi shaklda o‘tkaziladi:

1. Ko‘rik tanlovning “Eng yaxshi inson huquqlari bilimdoni” nominatsiyasini 50 ta savoldan iborat test sinovlari shaklida tasdiqlanadi va har bir to‘g‘ri javob 2 baldan baholanadi.

2. Ko‘rik tanlovning “Eng yaxshi inson huquqlari universal shartnomalari bilimdoni” nominatsiyasi 30 ta savoldan iborat test sinovlari va yozma insho (esse) shaklda joriy etiladi.

3. Ko‘rik tanlovning “Eng yaxshi inson huquqlari sohasidagi qonunchilik takliflari” nominatsiyasi MS PowerPoint programmasi orqali prizentatsiya shaklida hamda yozma insho (esse) shaklida qabul qilinadi.

4. Ko‘rik tanlovning “Eng yaxshi innovsion g‘oya muallifi” nominatsiyasi aholiga qulaylik yaratish yo‘nalishida yaratilgan g‘oyalar asosida o‘tkazilib, tanlov hay’ati tomonidan baholanadi.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan akademiya talabalari joriy yilning 10 dekabriga qadar bakalavriat va magistratura fakultetlariga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.