“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, boshqa davlat va tijorat banklari, tadbirkorlik subyektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Shuningdek, tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Adliya vazirligi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mas’ul xodimlari ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.
Xususan, Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov o‘z chiqishida milliy qonunchilikda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, ular uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari, mamlakatimizda korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligi tamoyilini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida Akademiyaga “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda korrupsiyaning oldini olishda qo‘shayotgan hissasi uchun tashakkurnoma topshirildi.