Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi (MASA) bilan hamkorlikni mustahkamlash

Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi (MASA) bilan hamkorlikni mustahkamlash

Akademiyada Akademiya rahbariyatining Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda Bosh prokuror o‘rinbosari, Akademiya boshlig‘i v.v.b. S.Samadov, Akademiya rahbarining birinchi o‘rinbosari Ye.Kolenko, Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi direktori Idris bin Zaxarudin, Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi bo‘lim boshlig‘i Kamarul bin Mosman  ishtirok etishdi.

Mehmonlar Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish ishlari, o‘quv jarayonini tashkil etishdagi yangicha yondashuv va metodlar, shuningdek kriminalistik poligon, kiberlaboratoriya va boshqa maxsus o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘z navbatida xorijiy mehmonlar tomonidan Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi faoliyati, tuzilmasi, ilmiy salohiyati va dasturi haqida ma’lumot berildi.

Akademiya rahbariyati MASA direktoriga Akademiyaning bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yuqori professional saviyada faol ishtirok etgani hamda korrupsiyaga qarshi kurashi sohasida uzoq muddatli va samarali hamkorligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

Uchrashuvda tomonlar amalga oshirilayotgan loyihalarning holati, shuningdek hamkorlikning yangi va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.