Kriptoaktivlarga oid tergov harakatlarini olib borish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Kriptoaktivlarga oid tergov harakatlarini olib borish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura tergovchilari, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari va Akademiya o‘qituvchilari uchun xorijiy ekspertlar tomonidan "Kriptoaktivlarga oid tergov harakatlarini olib borish" mavzusida ixtisoslashtirilgan seminar-trening tashkil etildi.

Seminarning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergovchi va xodimlarining kriptoaktivlar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda salohiyatini oshirishdan iborat.

To‘rt kunlik seminar-trening dasturi kriptovalyutalarning asoslari, ochiq ma’lumotlarga asoslangan razvedka (OMAR)ning saralangan vositalari; tranzaksiyani kripto-birjagacha kuzatish; kriptovalyutalarni tekshirish vositalari; darknet yangiliklari; TAILSda xamyon ochish, uning turlari, kirish va ishlatish yo‘llari; markazlashtirilmagan moliya (MM), markazlashtirilmagan birja (MB) va boshqa dolzarb masalalarini o‘z ichiga oldi.

Shuningdek, Los-Andjeles politsiya detektivi (AQSH) onlayn shaklda "Seed" orqali kripto hamyonni tiklash jarayonini ko‘rsatib berdi.

Seminar-trening yakunida katnashchilar tegishli sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.