O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi xodimlari tomonidan Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda “beshlik” tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi yordamchilari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari va mahalla fuqarolari faol ishtirok etdi.
Seminarda ijtimoiy profilaktika yuzasidan mas’ul bo‘lgan “mahalla beshligi”ining vazifalari hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, voyaga yetmagan yoshlar orasida yuz berayotgan noxush holatlarga chek qo‘yish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rib borilishi, ijtimoiy profilaktika yuzasidan qabul qilingan qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, viloyatning Samarqand shahri, Pastdarg‘om tumanida Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.