Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etildi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etildi

Akademiya vakillari Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish hamda samarali boshqarish omillari” mavzusidagi seminarda ishtirok etishdi.

Tadbirda Markaziy bank hamda barcha tijorat banklari rahbariyati va korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan tarmoq rahbarlari qatnashdi.

Seminarda Markaziy bank, Hisob palatasi rahbariyati, CERT xalqaro akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning mas’ul xodimlari ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Xususan, Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov ishtirokchilarga mamlakatda korrupsiya uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash amaliyoti va bu borada olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.