Nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqliqligini ta’minlash

Nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqliqligini ta’minlash

Bakalavriat talabalarini jinoyatlarni tergov qilish faoliyatida ilmiy-tahliliy yondashuvga faol jalb qilish maqsadida Akademiyaning kafedralari ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ilmiy klub va to‘garaklar tashkil etilgan.

Nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash uchun ilmiy klub va to‘garaklar faoliyatiga prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kata tajribaga ega mutaxassislarini jalb qilish yo‘lga qo‘yilgan.

“Bo‘lajak prokurorlar” to‘garak faoliyati doirasida professor B.X.Po‘latov va professor F.X.Raximov, Toshkent shahar prokuraturasi O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Botir o‘g‘li va Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi prokurori M.Berdikilichova ishtirokida mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.