Raqamli ta'lim texnologiyalarining joriy etilishi oid Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi

Raqamli ta'lim texnologiyalarining joriy etilishi oid Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan raqamli ta'lim texnologiyalarining joriy etilishi masalalariga oid ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.
Konferensiyada Maktabgacha va maktab ta'limi ta'limi vazirligii, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon bankining ta'lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislari, boshqa ta'lim muassasalarning mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining elektron ta'lim bo‘limi boshlig‘i A.Ibraymov o‘z ma'ruzasida ishtirokchilarga prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish jarayonida masofaviy ta'lim va unda tьyutorlik faoliyatining tashkil etilishi bo‘yicha ilg‘or tajribalar haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, Akademiya va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti o‘rtasida imzonlangan memarandum doirasida kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.