Tezkor-qidiruv faoliyatini samarali tashkil etish – jinoyatchilikka qarshi kurashishda hal qiluvchi omil

Tezkor-qidiruv faoliyatini samarali tashkil etish – jinoyatchilikka qarshi kurashishda hal qiluvchi omil

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Surishtiruv va tergov jarayonida tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, DXX akademiyasi, Bojxona instituti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilari, IIV Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining ilmiy xodimlari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tezkor bo‘linmalari xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida surishtiruv va tergov jarayonida tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularni hal qilish, tezkor-qidiruv faoliyati qonunchiligini yanada takomillashtirish, tezkor bo‘linmalar hamda surishtiruv va tergov organlari o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha prokuratura organlari tezkor bo‘linma xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish borasida fikr almashildi.