O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasining “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan tinglovchilarining Bojxona qo‘mitasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 27 apreldagi PF–122-son Farmoniga muvofiq ishga tushirilgan Bojxona rasmiylashtiruvi markaziga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Bojxona rasmiylashtiruvi markazida tinglovchilar Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi, Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklarasiyalash posti, “Call-markaz”, Targetlash va xavflarni monitoring qilish boshqarmasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekiston va Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi faol hamkorlikning yangi namunasi bo‘lgan Markaziy bojxona laboratoriyasi ham tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tinglovchilar bojxona sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va qo‘lga kiritilayotgan yutuq va tajribalar bilan birga, tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning amaliy tajribalarini ilmiy tadqiqotlarga keng jalb qilish yuzasidan batafsil ma'lumotlar olishdi.