Vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

Vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

Akademiya talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va boshqa jarayonlarga dahldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish, ularni kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning ochilishida Milliy gvardiyaning alohida namunali harbiy orkestri va faxriy qorovul bo‘linmasi o‘zlarining vatanparvarlik tuyg‘ularini bilan chorlovchi sado va ko‘rgazmali chiqishlarini ishtirokchilar e’tiboriga namoyish etdilar.

Asosiy va amaliy qismida esa bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning bo‘linmalarida mavjud zamonaviy qurol-aslahalarning, shuningdek, tergov va surishtiruv faoliyatida qo‘llaniladigan kriminalistika texnika va vositalarining ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Talabalar har bir qurol-aslaha, maxsus texnika va vositalarning vazifalari, ularning taktik-texnik tavsiflari, qism va mexanizmlarining ishlash prinsiplari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishdilar hamda uzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldilar.