O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchilari A.Sharipovning “Xususiy mulk xuquqining daxlsizligini ta’minlash muammolari” mavzusidagi hamda A.Adhamovning “Ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishlarining an’anaviy “Fan soati” doirasidagi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda Akademiya professor o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Inson huquqlari milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish markazi kabi hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Muhokamalar jarayonida xususiy mulk huquqining daxlsizligini ta’minlash va ma’naviy zararni undirish tartibini takomillashtirish sohasidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Tadbir doirasida tadqiqotchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi