Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bosh prokurtarua huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti surishtiruvchi va tergovchilari ishtirokida “Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlarini olib borishning protsessual mexanizmlarini ta’minlash masalalari” mavzusidagi malaka oshirish kursi boshlandi.
Dasturga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashda prokuratura organlari oldiga qo‘yilayotgan vazifalarning mazmun-mohiyati, Departament organlari tomonidan surishtiruv va tergov harakatlarini olib borishda protsessual qonunchilika rioya qilish masalalari hamda sohadagi huquqbuzarliklarni oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Akademiyada tashkil etilgan mashg‘ulotlar doirasida interaktiv, muammoli vaziyatlar o‘quv metodlarni hamda axborot-kommkunikatsion texnologiyalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish nazarda tutilgan.
Malaka oshirish kursi davomida tinglovchilar o‘zlarining amaliy faoliyatlarida kelib chiqayotgan muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tegishli kasbiy huquqiy tushuntirishlar olishadi.
Kursning amaliy ahamiyati bu tinglovchilarning kichik guruhlarda ishlash orqali ish faoliyatida tizimli ravishda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish va umumlashtirish hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan rivojlangan xorijiy mamlakatlar va ijobiy ish tajribalarini inobatga holda takliflar chiqishdir.