Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasiga bag‘ishlangan seminar-trening

Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasiga bag‘ishlangan seminar-trening

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan magistratura dasturining “Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi” moduli doirasida seminar-trening o‘tkazildi. 

Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ekspertlar kengashi a’zosi, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti professori, f.f.d. O.Nishonova ishtirok etdi.

Treningda tinglovchilar bugungi kundagi magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yilayotgan talablar, magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash, rasmiylashtirish, shuningdek, magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi kabi masalalar yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lishdi. 

Shu bilan birga tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili), tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati, magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi, boblar hajmi, ularning o‘zaro mutanosib bo‘lishi, xulosa va taklif-tavsiyalar berish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar ilmiy tadqiqot olib borish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.