Talabalarning O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga tashrifi

Talabalarning O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga tashrifi

Yoshlarning siyosiy madaniyatini yuksaltirish, ularning jarayonlardan xabardorligini oshirish maqsadida Akademiya talabalarining O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasiga tashrifi tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zLiDeP vakillari partiyaning yoshlar siyosati, iqtisodiy islohotlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlaridagi ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish bo‘yicha rejalari haqida gapirishdi. 

Talabalar o‘zlarining fikr va g‘oyalarini erkin ifoda etish, shuningdek, mamlakatimizning kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy masalalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Uchrashuvda aytilganlardan kelib chiqib, O‘zLiDeP yoshlar o‘rtasida siyosiy ongni shakllantirish, ularni jamiyatda faol ishtirok etishga undash va o‘zlarining siyosiy huquq va majburiyatlarini anglashlarini ta’minlash maqsadida turli tashabbuslarni ilgari surishda davom etishini ta’kidladi. 

Bu kabi uchrashuvlar yoshlar uchun nafaqat bilim olish, balki o‘zlarining siyosiy va ijtimoiy faoliyatlarini amalga oshirish uchun muhim platforma hisoblanadi. Akademiya talabalari o‘zlarining siyosiy bilimlarini oshirdilar va O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamladilar.