Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talaba va tinglovchilar tomonidan bajariladigan ishlar (nazorat turlari, tahliliy-ma’lumot, maqola, dissertatsiya (bitiruv malakaviy ishi)da akademik halollikni ta’minlash va plagiatga yo‘l qo‘ymaslik borasida tizimli ishlar olib bormoqda.
Akademiyaning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar rejasiga muvofiq, talabalar va tinglovchilar uchun “Akademik halollik qoidalari mazmun-mohiyati va ularga rioya etish talablari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq dars davomida talaba va tinglovchilarga Akademik halollik qoidalarining mazmun-mohiyati va ularga rioya etish talablari hamda plagiatga yo‘l qo‘yish holatlarida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar borasida zarur tushunchalar berildi. Dars davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan bu boradagi ijobiy tajribalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Ochiq dars so‘ngida mavzu yuzasidan talaba va tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.