Bola huquqlari bo‘yicha binar mahorat darsi

Bola huquqlari bo‘yicha binar mahorat darsi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bakalavriat talabalari uchun bola huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi bo‘yicha binar mahorat darsi o‘tkazildi.

Binar mashg‘ulotda Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi B.Kadirova hamda Bosh prokuraturaning Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘limi katta prokurori S.Axmedov ma’ruza qildilar.

Mahorat darsi davomida bola huquqlarini himoya qilishga doir xalqaro-huquqiy standartlarning amaliyotda qo‘llanilishi va milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi, mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘quv mashg‘uloti bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.