Akademiyada bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga asosan talabalarning kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida ularga “Harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi” moduli doirasida Fuqaro muhofazasi fani bo‘yicha mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Hususan, talabalarda favqulotda vaziyatlar, ularning turlari, kelib chiqish sababalari, ushbu holatlarda harakatlanish usul va uslublari haqida umumiy tushunchalarni shakllantirish maqsadida 1-kurs talabalari bilan Fuqaro muhofazasi institutiga ekskursiya, shu bilan birga, Simulyatsiya markazida amaliy mahorat darslari tashkil etildi.
Talabalar tadbirlar davomida mavzu doirasida olgan nazariy bilimlarini soha mutahassislari yordamida mustahkamladilar va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirdilar.