Akademiya tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilari uchun navbatdagi malakaviy imtihoni o‘tkazildi

Akademiya tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilari uchun navbatdagi malakaviy imtihoni o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish Akademiyasida tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun ixtisoslik va chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.

Imtihon Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sudyalar oliy kengashi xuzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining olim hamda professorlaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan olib borildi.

Imtihonda tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning maxsus fanlar va chet tilini bilish darajasi hamda izlanuvchilar tomonidan olib borayotgan dissertatsiya mavzusi doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimlari xususida berilgan savollarga javoblar olindi.

Malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan tadqiqotchilarga guvohnomalar berildi.