“Sport – sog‘lik garovi” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi

“Sport – sog‘lik garovi” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalar va tinglovchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida mashhur sportchilar ishtirokida “Sport – sog‘lik garovi” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari: boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Jahon chempionatining sovrindori, Osiyo chempioni Madiyar Saidraximov va boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, harbiylar o‘rtasida Jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Shunqor Abdurasulov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida sportchilar o‘zlarining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari, erishgan yutuqlari, xizmat faoliyati va sport sohasini uyg‘unlikda olib borish, sport va jismoniy tarbiyani inson hayoti va har qanday sohadagi o‘rni va ahamiyati haqida o‘rtoqlashdilar. Tadbir iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi, talaba va tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javob oldilar.


O‘ylaymizki, bu kabi tadbirlar talaba va tinglovchilarimizda sportga va jismoniy tarbiyaga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi va kelgusidagi xizmat faoliyatlarida o‘z ijobiy aksini topadi.