O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tuman (shahar) prokurorlarining sohaviy yordamchilari ishtirokida “Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini samarali ta’minlash masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil qilindi.
Malaka oshirish kursi doirasida tinglovchilar voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil qilish, nogiron va yetim bolalarni ijtimoiy himoyaga olishning xususiyatlari, qonun bilan aloqa yoki ziddiyatga kirgan voyaga yetmaganlar bilan muloqot qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan zamonaviy tahdidlar hamda ularga qarshi kurashish kabi qator dolzarb masalalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.
Kurs jarayonida tinglovchilar tomonidan amaldagi voyaga yetmaganlar sohasida qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, amaliyotda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar, ularni hal etish yo‘llari hamda boshqa muhim ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanadi.