Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan “Fuqarolik huquqi (umumiy qism)” darsligi rus tilida tayyorlanib chop etildi.
Mazkur darslikda fuqarolik huquqining umumiy qoidalari, fuqarolik huquqlari va majburiyatlarining paydo bo‘lishi, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar, moddiy va nomoddiy ne’matlar, bitimlar, vakillik va ishonchnoma, muddatlarni hisoblash, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqaruv huquqi, mulkiy huquqlarni, xususiy mulkni, jamoat mulkini, umumiy mulkni olish va tugatish, mulkiy huquqlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish, majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar, majburiyat tushunchasi va tomonlari, majburiyatlarni bajarish, majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik, majburiyatlarning bekor qilinishi, shartnoma bo‘yicha umumiy qoidalar, shartnoma tushunchasi va shartlari, shartnoma tuzish, shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish kabi masalalar yoritilgan.
Darslikda mavzularni mustahkamlash uchun savollar, kazuslar, testlar, uslubiy ko‘rsatmalar, shuningdek qo‘shimcha foydalanish uchun har bir mavzu yuzasidan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
Mazkur darslik oliy yuridik ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek, fuqarolik qonunchiligiga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
Darslik USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi doirasida chop etildi.
Darslik bilan Akademiyaning Axborot-resurs markazida tanishish va foydalanish mumkin.