Qo‘shma loyiha doirasida AQSH Davlat departamenti vakillarining Akademiyaga tashrifi

Qo‘shma loyiha doirasida AQSH Davlat departamenti vakillarining Akademiyaga tashrifi

AQSH Davlat departamentining Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga navbatdagi tashrifi amalga oshirildi. Delegatsiya  tarkibida AQSH Davlat departamenti terororizmga qarshi kurashish dasturlari rahbari G.Meyson, AQSHning Tojikistondagi elchixonasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo‘yicha vakili S.Lettich, “Mintaqaviy muloqot” XNNT direktori M.Sever hamda Akademiyaga jalb qilingan ekspert R.Djoys ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar “Mintaqaviy muloqot” XNNT va AQSH Davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurash byurosi bilan hamkorlikdagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida murabbiylik va o‘qitish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek tomonlar kelgusida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun AQSHlik ekspertlar ishtirokida maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari, dasturlarni tashkil etish hamda o‘quv modullarini xorijiy amaliyot asosida takomillashtirish yuzasidan fikr almashdilar.

Tashrif davomida xorijiy mexmonlar Akademiyaning yangi o‘quv binosi va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.