O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga sharh tayyorlandi

O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga sharh tayyorlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlaridan iborat mualliflar jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga sharh tayyorlandi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad amaldagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning bir xilda tushunilishi va ijro qilinishini ta’minlash, unga doir bilimlarni, avvalo, shu qonunlarni qo‘llovchilarga yetkazish, har bir normani amalga oshirish mexanizmlari, usul hamda uslublarini o‘rgatishdan iboratdir.

Mazkur sharh prokuratura organlari xodimlari, yuridik ta’lim muassasalarining tinglovchi va talabalari, tadqiqotchilar, mutaxassislar va barcha qiziquvchilarga foydali manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.