Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etishga qaratilgan tizimli faoliyat olib borilmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida Akademiyada Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, p.f.d. M.X.Baybayeva ishtirokida “Innovatsion yondoshuv asosida pedagogik mahoratni amalga oshirish imkoniyatlari” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda pedagogik mahoratning namoyon bo‘lish shakllari va uning tarkibiy qismlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish usullari va zamonaviy talablar, zamonaviy o‘qituvchining imidji va uning ma’naviy qiyofasini belgilovchi fazilatlar interaktiv metodlarni qo‘llagan holda batafsil yoritib berildi.
Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.