Akademiyada Navro‘z umumxalq bayrami nishonlandi

Akademiyada Navro‘z umumxalq bayrami nishonlandi

 

Akademiyada ta’lim, ilmiy-tahliliy faoliyat bilan bir qatorda tizimli ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, yoshlarda Vatanga va xalqiga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyat va an’analarga hurmat, saxovat va muruvvat kabi fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

«Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» degan bosh g‘oya asosida Akademiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ezgulik va taraqqiyotga xizmat qilayotgan xalqaro bayram sifatida e’tirof etilgan Navruz umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Akademiyaning rahbariyati, xodimlari va talabalari ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri – saylda ishtirok etib, talabalar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, havaskor talabalar chiqishlaridan bahramand bo‘ldilar.

Bayram tadbiri davomida o‘qituvchilar va talabalar tomonidan sumalak tayyorlanib, uning atrofida she’rxonlik tanlovi o‘tkazildi hamda milliy raqslar va milliy liboslar namoyishi tashkil etildi.