IIV surishtiruv va tergov xodimlari uchun kasbiy qayta tayyorlash kursi tashkil etildi

IIV surishtiruv va tergov xodimlari uchun kasbiy qayta tayyorlash kursi tashkil etildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi PF-257-son Farmoni ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Ichki ishlar vazirligining surishtiruv va tergov tuzilmalari xodimlari uchun kasbiy qayta tayyorlash kursi boshlandi.

Kasbiy qayta tayyorlash kursi dasturiga asosan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, jinoyatlarni tergov qilish metodikasi va taktikasini samarali belgilash asnosida jinoyat ishlari bo‘yicha mustaqil ish yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishlarini o‘rganish asosida ularning alohida turlari kesimida tahlil va diagnostika qilish, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini uslubiy va konsultativ ta’minlash masalalarini o‘z ichiga olgan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kasbiy qayta tayyorlash kursi davomida tinglovchilar o‘zlarining amaliy faoliyatlarida kelib chiqayotgan muammoli vaziyatlarni tahlil qilish asosida, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilingan boshqa mutaxassislar ishtirokida tegishli kasbiy huquqiy tushuntirishlar va tavsiyalar ishlab chiqishadi.

Kasbiy qayta tayyorlash kursi yakuni bo‘yicha tinglovchilarga diplomlar topshiriladi.