O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i R.Ashrapov Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyati bilan tanishtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i R.Ashrapov Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyati bilan tanishtirildi

 

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i R.Ashrapov Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Akademiyada o‘tkazilayotgan o‘quv jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar, foydalanilayotgan zamonaviy o‘quv-metodik va axborot texnologiyalari tanishtirildi.

Xususan, tadbirda Akademiyadagi kiberpoligon, kriminalistika poligoni, sud immitatsiya xonasi va maxsus laboratoriyalarning imkoniyatlari namoyish qilindi.

Shu bilan birga, prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlari xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini monitoring (diagnostika) qilish tizimining taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot jarayonida tizimning xodimlarni kasbiy, nokasbiy hamda jismoniy va harbiy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish, diagnostika natijalari asosida xodimlar uchun kerakli o‘quv dasturlarini shakllantirish, ular uchun metodik tavsiyalarni ishlab chiqishda ifodalanuvchi imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.

Tadbir yakunida kelgusida Ichki ishlar vazirligi bilan Akademiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.