O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Akademiya mustaqil izlanuvchisi A.O.Hamidovning “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo‘yicha “Sud qarorlari ijrosini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqot doirasida ijro ishini yuritish huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni o‘rganib, tahlil qilindi, ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi kodeks loyihasining tashkiliy-tuzilishi ishlab chiqildi, sud qarorlari ijrosini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bilan ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilib, milliy qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.
Dissertatsiya himoyasi natijasiga ko‘ra, Kengash a’zolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.
Akademiya jamoasi Azizbek Hamidovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!