O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengash yig‘ilishida Akademiya mustaqil izlanuvchisi R.X.Raximovning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo‘yicha moliyaviy tergov o‘tkazishning nazariy va amaliy muammolari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqot doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo‘yicha parallel moliyaviy tergov o‘tkazishning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida tutgan o‘rni o‘rganilib, tahlil qilindi, parallel moliyaviy tergov o‘tkazishni alohida institut sifatida jinoyat-protsessual qonunchiligiga joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi, parallel moliyaviy tergov o‘tkazishda ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilib, milliy qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.
Dissertatsiya himoyasi natijasiga ko‘ra, Kengash a’zolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.
Akademiya jamoasi Rustamjon Raximovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!