Raqamli kriminalistikaning zamonaviy usullari tergov faoliyatida

Raqamli kriminalistikaning zamonaviy usullari tergov faoliyatida

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari uchun “Tergov harakatlarini amalga oshirishda raqamli kriminalistikaning zamonaviy usullaridan foydalanish” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi.

O‘quv kursi dasturi tinglovchilarning raqamli kriminalistika sohasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishga yshnaltirilgan bo‘lib, unda raqamli qurilmalarni olib qo‘yish, tahlil qilish va ma’lumotlarning kriminalistik tasvirlarini yaratish usullariga asosiy e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar ochiq axborot manbalariga asoslangan passiv Internet razvedka vositalarini (OSINT) o‘zlashtirdilar, shuningdek, yashirin Darknet tarmog‘i resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish metodologiyasini o‘rgandilar.

Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida tergovchilar mobil qurilmalardan ma’lumotlarni ajratib olish, tekshirish va tiklash uchun maxsus dasturlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

Bundan tashqari, tergovchilar kriptoaktivlar va kriptohamyonlar bilan ishlash, kriptoaktivlarni xatlash va olib qo‘yish usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘ldilar.

Mazkur kurs davomida o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar tergov amaliyoti xodimlariga raqamli dalillarni samarali to‘plash va tahlil qilish imkonini beradi, jinoyatlarni tergov qilishda yuqori darajadagi dalillar bazasini ta’minlaydi.