Akademiya talabalari kibersport turnirida ishtirok etishdi

Akademiya talabalari kibersport turnirida ishtirok etishdi

 

Akademiya talabalari “Ziyo Forum” Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro Fondi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersportning “CS:2” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqa 100 dan ortiq jamoalarning ishtiroki bilan o‘tkazilib, unda har bir uchrashuv qizg‘in va murosasiz kechdi. Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan ishtirokchilar o‘zlarining tezkor qaror qabul qilish mahoratlari va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Akademiya jamoasi ushbu musobaqaga tayyorgarlik jarayonida o‘z strategiyasini ishlab chiqish va o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha zarur tajribalarga ega bo‘ldi. Bu tajribalar, musobaqa davomida ko‘plab raqiblar ustidan g‘alaba qozonishga imkon berdi. O‘yinlarning har birida, Akademiya jamoasi o‘zlarining taktik yondashuvlari, tezkor harakatlari va o‘yin ichida moslashuvchanligi bilan ajralib turdi.

Musobaqa, nafaqat ishtirokchilarda balki tomoshabinlarda ham katta taassurot qoldirdi. Jangovor ruh va musobaqaning yuqori darajadagi tashkil etilishi, kibersport sohasining o‘sishi va rivojlanishiga xizmat qildi.

Akademiya jamoasining muvaffaqiyatli ishtiroki, talabalar o‘rtasida katta faxr tuyg‘usini uyg‘otdi va kelajakda bu sohada yanada yuqori marralarni zabt etish uchun ilhom berdi.