Akademiya magistraturasi tinglovchilari xalqaro tadbirda ishtirok etishdi

Akademiya magistraturasi tinglovchilari xalqaro tadbirda ishtirok etishdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi tinglovchilari Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy huquq fanining rivojlanishi: nazariya va amaliyot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.

Tadbirda bugungi kunda huquq sohasi zamonaviy tendensiyalar asosida rivojlanib borayotgani hamda sohaga bir qator innovatsion yondashuvlar negizida jamiyatda yuzaga kelayotgan yangi ko‘rinishdagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda xalqaro huquq va huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud holatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish orqali qonun ijodkorligi hamda fundamental xarakaterdagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek mazkur jarayonlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda yuridik kadrlarni tayyorlash tizimiga alohida e’tibor qaratish va uni takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

Konfereniya yakunida ishtirokchilar tomonidan huquq sohasini kelajakda zamonaviy tendensiyalar asosida rivojlantirishda yurisprudensiya sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan ilmiy jamoatchilik vakillari va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida mintaqalararo integratsion jarayonni yanada yuqori bosqichga olib chiqish borasida bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar bayon etildi.