Akademiyaning Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq qilish markazi xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida kriminogen vaziyat ahvoli va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini o‘rganish doirasida Farg‘ona viloyati prokuraturasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida mavjud muammolar hamda ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish masalalari muhokama qilinib, mas’ul shaxslar axborotlari tinglandi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, viloyatda o‘tkaziladigan o‘rganish tadbirlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar, xususan, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan “qizil mahallalar” va “jinoyat o‘choqlari” belgilandi.